12:57 / 19.01.2018
5370

Toshkentdagi 447 ta bolalar bog‘chasining 61 tasi ta'mirga muhtoj

Toshkent shahar hokimligida navbatdagi brifing tashkil qilindi. Tadbir Toshkent shahar hokimining 2018 yil 16 yanvardagi “Toshkent shahrida maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 83-sonli qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘rganish va tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tasarrufidagi mavjud 447 ta bolalar bog‘chalarining 61 tasi ta'mirga muhtoj. Qarorning 2-ilovasida Toshkent shahrida ta'mirlanadigan maktabgacha ta'lim muassasalari reja-jadvali keltirilgan. Hozirda ushbu ta'mirtalab bolalar bog‘chalariga 8 minga yaqin bolalar tarbiyalanmoqda. 

Joriy yilda mazkur ta'mirtalab bolalar bog‘chalarini ta'mirlash hisobiga qo‘shimcha ravishda 5,5 ming nafardan ortiq bolalarni qamrab olish imkoniyati yaratiladi. 

 

Top