Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» «Deportivo»ga 7ta gol urdi
Ispaniya chempionatining 20-turida «Real» «Deportivo»ni qabul qildi. Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 7:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
G‘oliblar safida Garet Beyl, Krishtianu Ronaldu va Xose Ignasio Nacho ikkitadan gol urishdi, yana bir gol Luka Modrich nomiga yozildi. «Deportivo»ning yagona goliga Adrian Peres mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Real» Primerada 2018 yildagi ilk g‘alabasiga erishdi. Madridliklar ichki chempionatda 3 uchrashuvdan iborat bo‘lgan g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘yishdi.
Endilikda «Real» 35 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda, «Deportivo» 16 ochkosi bilan – 18-pog‘onada joylashgan.
Ispaniya chempionati
20-tur
Real Madrid – Deportivo 7:1 (2:1, 5:0)
Gollar: 0:1 – 23 Adrian, 1:1 – 32 Nacho, 2:1 – 42 Beyl, 3:1 – 58 Beyl, 4:1 – 68 Modrich, 5:1 – 78 Ronaldu, 6:1 – 84 Ronaldu, 7:1 – 88 Nacho.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Modrich (Kovachich, 76), Kazemiro, Kroos, Beyl (Vaskes, 82), Ronaldu, Mayoral (Benzema, 64).
Deportivo – Martines, Sher, Luizinyu, Xuanfran, Aldo One, Moskera (Eksposito, 48), Gilerme, Borxes (Cholak, 54), Adrian, Peres, Andone (Xil, 79).
Ogohlantirishlar: Andone (38), Peres (56).
Mavzuga oid
11:04 / 21.12.2025
Mbappe Ronalduning rekordini takrorladi, Holand yangiladi. Kun o‘yinlari
14:40 / 15.12.2025
«Siti»da yirik g‘alaba, brazillar Alonsoni qutqardi
18:16 / 14.12.2025
«Real»dagi kichik inqiroz. Klubning muammosi nimada va Alonso endi nima qiladi?
11:57 / 11.12.2025