20:20 / 23.01.2018
42268

Old oyoqlari yo‘q buzoq odamga o‘xshab yurishni o‘rganib oldi (video)

Foto: Skrinshot

Indoneziyada old oyoqlari rivojlanmay qolgan buzoq odamga o‘xshab ikki oyoqda yurishni o‘rganib oldi. 

Videoda buzoq qishloq ko‘chasi bo‘ylab faqatgina orqa oyoqlarida yurganini ko‘rish mumkin. Buzoq o‘z muvozanatini bazo‘r ushlab turibdi. Buzoq ortidan bir erkak kuzatib, uni yo‘naltirib turibdi.

Foydalanuvchilar buzoqqa rahmlari kelgan. Ba'zi foydalanuvchilar buzoq qiynalmasligi uchun uni otib tashlashni yoki protez oyoqqa o‘xshash moslama yasab berishni taklif qilishgan.

Top