Sport | 09:12 / 25.01.2018
14701
2 daqiqa o‘qiladi

Zidan barcha aybni o‘z zimmasiga oldi

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya Kubogi chorak finali doirasida Madridda kechgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan «Leganes»ga qarshi o‘yindan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi. U bu mag‘lubiyat va jamoaning turnirni tark etishida barcha aybni o‘z zimmasiga olishini aytgan. 

«Ko‘rinib turibdiki, bu mening shaxsiy muvaffaqiyatsizligim. Bu natija uchun barcha aybni o‘z zimmamga olaman. Bizning bugungi o‘yinimizni yaxshi o‘yin deb bo‘lmaydi, biz o‘z futbolimizni namoyish etmadik, ayniqsa birinchi bo‘limda keragidek harakatlana olmadik. 

Bu jamoaning barcha futbolchilari uchun og‘ir oqshomdir. Biz mag‘lubiyatni tahlil qilamiz, birinchi navbatda men. Axir bu mag‘lubiyatda men aybdorman. Bizda vaziyatni to‘g‘rilash uchun 90 daqiqa bor edi, ammo biz buni qila olmadik. 

Endi ertangi kun haqida o‘ylashimiz kerak, ishlashda davom etishimiz kerak. Shanba kuni bizni navbatdagi uchrashuv kutmoqda», — deya fransiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirgan Marca.

Mavzuga oid