Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 39 davlat fuqarolariga turistik viza rasmiylashtiruvini soddalashtirmoqda
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
2018 yilning 10 fevralidan turistik vizalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriluvchi mamlakatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Bunda Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucher yoki O‘zbekiston Respublikasidagi taklif etayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs murojaatnomasining taqdim etilishi va vizani ikki ish kunida rasmiylashtirish bo‘yicha talab bekor qilinadi.
Fuqarolariga turistik vizalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladigan davlatlar ro‘yxati
- Avstraliya
- Albaniya
- Andorra
- Bolgariya
- Bosniya va Gertsegovina
- Vatikan
- Vengriya
- Gretsiya
- Daniya
- Hindiston
- Irlandiya Respublikasi
- Islandiya
- Kuvayt
- Kanada
- Litva
- Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan XXRning Hongkong Maxsus ma'muriy tumani
- Lixtenshteyn
- Lyuksemburg
- Makedoniya
- Malta
- Monako Knyazligi
- Niderlandiya
- Yangi Zelandiya
- Norvegiya
- Birlashgan Arab Amirliklari
- Ummon
- Portugaliya
- Ruminiya
- San-Marino
- Saudiya Arabistoni
- Serbiya
- Slovakiya
- Sloveniya
- Amerika Qo‘shma Shtatlari
- Finlyandiya
- Xorvatiya
- Chernogoriya
- Shvetsiya
- Estoniya
Mavzuga oid
10:18
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
14:27 / 27.02.2026
Surxondaryo turizmi yillik 1 mlrd dollarlik tushum berishi mumkin
11:55 / 20.02.2026
O‘zbekistonliklar yanvarda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?
16:37 / 17.02.2026