Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Afrindagi vaziyatni AQSh bilan muhokama qilmaydi
Foto: TGRT
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining TGRT telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Anqara Vashington bilan Afrindagi amaliyotni muhokama qilish lozim, deb hisoblamaydi. Turkiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bunga sabab mintaqada AQSh harbiylari yo‘q.
«Afrinda amerikalik harbiylar yo‘q. Ehtimol, u yerda vaqti-vaqti bilan faqat ularning maxsus xizmatlari xodimlari bo‘lar. Shuning uchun bizda AQSh bilan Afrin mavzusini muhokama qilishga ehtiyoj yo‘q», - deya ma'lum qildi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an IShID terrorchilik guruhi tor-mor etilganidan so‘ng ham AQSh harbiylarining Suriyada qolishi Turkiya, Eron va Rossiyaga qarshi yo‘naltirilgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:24 / 12.02.2026
Rossiya Trampning tahdidlariga qaramay, Kubaga neft yetkazib berishga qaror qildi
23:23 / 12.02.2026
Turkiya va yadro quroli: geosiyosiy tahlil
23:06 / 12.02.2026
Istanbulda Durdona Hakimova bilan birga yana bir ayol o‘ldirilgani aniqlandi
22:21 / 12.02.2026