Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston chegara masalasini muhokama qildi
Foto: BBC
O‘zbekiston va Tojikiston O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasini yana bir bor muhokama qildi, deya xabar beradi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Xabarlarga ko‘ra, 7 fevraldan 16 fevralgacha O‘zbekistonning Jizzax shahrida Tojikiston va O‘zbekiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining Tojikiston-O‘zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tojikiston-O‘zbekiston oliy darajadagi uchrashuvi arafasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida tomonlar davlat chegarasini qolgan uchastkalarda belgilashni davom ettirdilar, muzokaralar yakunlari bo‘yicha bayonnoma imzolandi.
O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegarasining uzunligi 1332,9 kilometrni tashkil etadi.
Mavzuga oid
07:41 / 11.12.2025
Rossiya, Qozog‘iston va boshqalar: dunyoni bog‘lab turuvchi transkontinental davlatlar
09:41 / 02.12.2025
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston chegara qoidalarini buzmaslikka chaqirildi
15:45 / 20.11.2025
Litva Belarus bilan chegara nazorat-o‘tkazish punktlarini yana ochadi
13:16 / 19.11.2025