15:10 / 09.03.2018
11367

Yangi Kia Quoris qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi aytildi

Kia kompaniyasi keyingi avloddagi K900 yangi sedanining ilk eskizlarini e'lon qildi. Model konsepsiyasi dizayni - Gravity of Prestige – Koreyaning Nayangi va Amerikaning Irvaynidagi studiyalar birgalikdagi ishi natijasi.

Mashinaning o‘ziga xos jihati – yangi radiator panjarasi, u brilliant shaklidagi 176 yacheykadan iborat hamda energiyani chiqarib tashlash jarayonini aks ettiradi. K900 dizaynida ko‘proq oddiy va tabiiy liniyalardan foydalanilgan – kompaniya fikriga ko‘ra, u shu holda ancha hashamatli ko‘rinadi.

Foto: Kia
Foto: Kia

Yangi sedanni ishlab chiqarish Koreyadagi marka zavodida yo‘lga qo‘yiladi. Jahon miqyosidagi sotuvlarga 2018 yilning ikkinchi choragida start beriladi.

Kutilishicha, avlodlar almashinuvidan keyin, K900 3,3 litrlik «biturbooltitalik» to‘la uzatmali modifikatsiyani oladi. Kia Stinger fastbekida uning kuchi 370 ot kuchiga teng.

Mavzuga oid
Top