Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Snoubordchi ko‘chki vaqtida tog‘dan tushishini videoga oldi
Livanlik snoubordchi Tomas Krey ko‘chki vaqtida tog‘dan tushishini videoga oldi. U rolikni Facebook’dagi sahifasida joylashtirgan.
France 3 Regions nashrining xabar berishicha, voqea Frantsuz Alplaridagi kurortda yuz bergan. Video sportchining shlemida o‘rnatilgan kamera yordamida tasvirga olingan.
Snoubordchini ko‘chkilarga qarshi xavfsizlik yostiqchasi qutqarib qolgan, biroq qurilma darhol ishlab ketmagan. Sportchi o‘zining xatolaridan biri sifatida toqqa bir o‘zi chiqishga qaror qilganini aytgan.
Krey odamlar snoubord bilan shug‘ullanish vaqtida xavfsizlik texnikasiga sinchkov e'tibor berishlari maqsadida ushbu video bilan bo‘lishgan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2025
Hindistonda it 67 kishini ko‘chkidan qutqarib qoldi
07:51 / 28.06.2025
Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
15:50 / 30.05.2025
Muz ko‘chkisi Alp tog‘laridagi qishloqni yakson qildi. Tabiiy ofatdan oldingi va keyingi suratlar
23:07 / 25.03.2025