Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qur'on musobaqasida Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi
18 mart kuni «O‘zbekiston Qur'on musobaqasi 2018» erkaklar o‘rtasida Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
18-19 mart kunlari Toshkent shahridagi «Navro‘z» tantanalar saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur musobaqaning birinchi kunida qorilarning nafis qiroati saroyda yangradi. Musobaqa natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrida tilovat bo‘yicha 18-25-yoshgacha erkaklar o‘rtasida Nizomiddin Ismoilov (1-o‘rin), Iskandarjon Ismoilov (2-o‘rin), Mirg‘iyos Mirhosilov (3-o‘rin) g‘olib, deb topildi. Tilovat yo‘nalishida 26-40 yoshgacha erkaklar o‘rtasida Fayzirahmon Mamadjonov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yahyo Abdurahmanov va Yo‘ldoshali Karimov mos ravishda keyingi pog‘onada qayd etildi.
Musobaqaning Hifz yo‘nalishida 18-25 yoshlar o‘rtasidagi g‘olib qorilar orasida Habibulloh Ahmedov, Ne'matulloh Husniddinov va Islom Inog‘omov e'tirof etildi. Hifz yo‘nalishida 26-40 yoshdagi g‘olib qorilar Muhammad To‘rayev, Abdulaziz So‘fiyev hamda Dovud Axunjanov, deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni «O‘zbekiston Qur'on musobaqasi 2018» ayollar o‘rtasida Toshkent shahar bosqichi o‘tkazilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:30 / 28.02.2026
Ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirishda ayblangan Asadbek Jumayevning qamoqdagi suratlari tarqatildi
09:38 / 28.02.2026
Toshkent iqlimiga mos ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi
18:16 / 27.02.2026
10-sinf o‘quvchisi Toshkentdagi poyga vaqtida BMW’da urib ketgan YPX xodimi vafot etdi
10:35 / 27.02.2026