Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi qachon yig‘lagani va zararli odatlarini aytib berdi
Foto: GiveMeSport
«Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi America TV kanaliga bergan intervyusida shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘rtancha o‘g‘lim Mateo tug‘ilganida, quvonchdan yig‘lab yuborganman. Katta o‘g‘lim Tyagoning tug‘ilishi og‘ir kechgan, Mateoniki esa yengil bo‘ldi. Uchinchi farzand kutayotganim haqidagi xabar ham juda quvonchli edi. Tyago futbolni sevadi. U «Barsa» futbolchilari farzandlari uchun ochilgan kichik maktabda tahsil olyapti.
Zararli odatlarim? 22-23 yoshgacha nimani iste'mol qilayotganimga e'tibor bermaganman. Xususan, gazli ichimliklar, shokolad va alfaxor shirinligini ko‘p yeganman. Hozirgi kunda, bu odatlardan voz kechdim. Endi ko‘proq go‘sht, baliq va sabzavotlarni iste'mol qilyapman» - dedi Messi.
Mavzuga oid
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
12:00 / 08.01.2026
«Siti»da g‘alabasiz seriya, «Barsa» javobsiz 5 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:11 / 14.12.2025