17:08 / 31.03.2018
7622

Saakashvili Poroshenko uni Savchenkoning ishiga bog‘lamoqchi ekanini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining ma'lum qilishicha, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko uni Oliy rada deputati Nadejda Savchenkoning davlat to‘ntarishi bo‘yicha ishi ishtirokchilaridan biriga aylantirmoqchi. U bu haqda NewsOne efirida ma'lum qilgan.

«Savchenkoga keladigan bo‘lsak. Poroshenkoning o‘zi bu ishlar o‘zaro bog‘liq bo‘lishini juda xohlamoqda. Ular ayni damda davlat to‘ntarishi bo‘yicha katta ishni tayyorlashmoqda, u yerda ham Savchenko, ham Saakashvili bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi u.

Shuningdek siyosatchining aniqlik kiritishicha, Ukraina hukumati bu ishdan o‘z muvaffaqiyatsizliklarini yashirish maqsadida foydalanmoqchi.

Bundan tashqari, Saakashvilining qayd etishicha, Savchenkoni adekvat inson deb hisoblamaydi.

«Biz Nadya Savchenkoni adekvat deb hisoblashdan yiroqmiz. Ochig‘ini aytganda, bu ayolning boshida hech narsa yo‘q», - deya ma'lum qildi u. Uning qo‘shimcha qilishicha, deputat «ahmoq, mas'uliyatsizdir».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Savchenko Ukraina prezidentligiga nomzod bo‘lishga va'da bergandi.

Top