Ukraina Oliy radasi deputati, Kiyevda teraktga tayyorgarlik körişda gumonlanib hibsga olingan Nadejda Savçenko Ukraina prezidentligiga nomzod bölişga va'da berdi. U feysbukdagi öz sahifasida tegişli rolikni e'lon qilgan.
«Men nima qiliş kerakligini bilaman, hamda özim uçun harakat qiliş haqida qaror qabul qildim. Vaqti keladiki, men Ukraina prezidentligiga nomzod bölaman, biroq sizning qaroringiz menga bugunoq kerak bölmoqda», - deya ma'lum qildi Savçenko.
Savçenko videoyozuvda kiyimini almaştirib, harbiy libosdagi belgini özgartiradi. Rolik oxirida şunday yozuv paydo böladi: «Birgalikda harakat qiliş bilan hukumat jinoyatlari töxtatiladi».

















