Jahon | 21:12 / 05.04.2018
19929
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda ko‘p qavatli shifoxonaga o‘t ketdi (video)

Istanbulning G‘aziosmanpasha tumanidagi ko‘p qavatli shifoxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in videosi tvitterda joylashtirilgan.

Videodan alanga shifoxonaning barcha qavatlarini qamrab olgani, osmonga qop-qora quyuq tutun ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin. Ma'lum qilinishicha, binoda portlash ovozlari eshitilgan, uning atrofida yonayotgan buyumlar sochilib yotibdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in binoning tomida boshlangan. 

Ayni vaqtda jabrlanuvchilar haqida hech qanday ma'lumot yo‘q. Bemorlar evakuatsiya qilinganlar, voqea joyiga ko‘plab o‘t o‘chiruvchilar yo‘llangan.

Cumhuriyet nashrining yozishicha, bu binoda 2011 yilda ham yong‘in chiqqan. O‘shanda yong‘in qurilish ishlari vaqtida yuz bergan. 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid