Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Sen bo‘lmasang boshqasi". "Barselona" uchun chempionlik yo‘lagi qilindi
"Barselona" hamda "Real Madrid" o‘rtasida kechgan La Liganing 36-tur o‘yinidan (2:2) so‘ng "Kamp Nou"dan kataloniyaliklarning murabbiylar shtabi va boshqa xodimlari Primeradagi g‘alaba munosabati bilan jamoaga chempionlik yo‘lagini uyushtirdi. Ushbu chempionlik yo‘lagi "Barselona" himoyachisi Jyerar Pike iltimosiga ko‘ra qilingan. Bu haqda Marca xabar berdi.
"Barselona" futbolchilari kiyim almashtirish xonasiga kirmoqchi bo‘lgan vaqtda Pike mikrofonni oldi va "Ular biz uchun chempionlik yo‘lakchasi qilishdan bosh tortishgan bo‘lsa, biz esa bir oila bo‘lsak, xodimlardan biz maydonni tark etgunimizcha bu ishni biz uchun qilishlarini so‘rayman", – deya iltimos qilgan. Shundan so‘ng klub xodimlari ikki qator bo‘lib, jamoa futbolchilarini qarsaklar bilan kiyim almashtirish xonasiga kuzatib qo‘yishgan.
Avvalroq, "Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z jamoasi "Barselona" uchun chempionlik yo‘lagini qilmasligini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
22:11 / 14.12.2025
Saudiya shahzodasi "Barselona" klubini sotib olmoqchi
14:34 / 14.12.2025