Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Anhor-Lokomotiv» parkidagi attraksionda bir bola hushidan ketib vafot etdi
Foto: railway.uz
12 may kuni Toshkent shahridagi «Anhor-Lokomotiv» parkida «Neboskreb» attraksioni to‘xtagach, unga chiqqan bolalardan biri hushsiz holatda topildi. 11 yoshli ushbu bola attraksion harakati vaqtida hushini yo‘qotgandi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, ushbu baxtsiz hodisa soat 21:35da ro‘y bergan.
Bir yarim daqiqa o‘tib, park tibbiy xizmati feldsheri bolaga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsata boshlaydi, shuningdek, voqea joyiga «tez tibbiy yordam» mashinasi chaqiriladi. Bolakay dastlab park hududidagi tibbiy xizmat bo‘limiga yotqiziladi. Soat 22:00da u park tibbiy xizmati feldsheri hamrohligida shahardagi eng yaqin shifoxonaga olib ketiladi, u yerda bolaning o‘limi qayd etilgan.
Park ma'muriyati bolaning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. 13 va 14 may kunlari park hududidagi barcha ko‘ngilochar tomoshalar bekor qilingan.
Mavzuga oid
13:50 / 11.11.2025
Poytaxtda 263 attraksion tekshirildi: 39 tasi ruxsatnomasiz ishlayotgani aniqlandi
20:31 / 10.11.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uy liftlarida 37 mingdan ortiq nosozlik qayd etildi
11:21 / 06.11.2025
“Kimnidir ayblamayman” – qo‘shaloq falokatdan omon qolgan yigit
18:56 / 29.10.2025