Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Trampning Eron bo‘yicha pozitsiyasiga izoh berdi
Foto: RIA Novosti / Yevgeniy Biyatov
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqib yutqazdi, deb hisoblamaydi, biroq agar kelishuv barbod bo‘lsa, undan ko‘pchilik yutqazadi.
“Biz bunday bo‘lmasligi uchun barcha ishni qilishimiz kerak. Buning uchun jarayonning barcha ishtirokchilari va birinchi navbatda AQSh bilan ishlash kerak”, deb aytgan Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yig‘ilishida.
Uning aytishicha, ushbu kelishuv asosan AQSh va Eron muloqoti natijalariga ko‘ra tuzilgan. “Demak, barcha murakkabliklarga qaramay, ushbu ikki davlat o‘shanda kelisha olgan-ku”, deb qo‘shimcha qilgan Putin.
Putinning ta'kidlashicha, Tramp Eron bilan muzokaralar uchun “eshikni yopmagan”, biroq kelishuvlar saqlanib qolinmoqchi bo‘lsa, vaziyatni keskinlashtirmaslik lozim.
“AQSh prezidenti muzokaralar uchun eshikni yopmayapti. Gap shundaki, uni kelishuvda ko‘p narsa qoniqtirmaydi, biroq u Eron bilan kelishuvlarni istisno qilmayapti. Biroq bu faqat ikki tomonlama harakatli yo‘l bo‘lishi mumkin, shu sababli biror narsani saqlab qolishni istasak, vaziyatni ortiqcha keskinlashtirmaslik, balki muzokaralar jarayoni uchun eshikni ochiq qoldirish lozim. Fikrimcha, hali hammasi yo‘qotilmagan”, deb aytgan Putin.
Mavzuga oid
14:19
YeI diplomatiyasi rahbari Kallas: Tramp Yevropani parchalashga intilmoqda
13:37
Zelenskiy: AQSh sanksiyalarni yumshatishi Rossiya pozitsiyasini faqat mustahkamlaydi
13:27
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
12:25