Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Venesuelaga talab qo‘ydi
Foto: EPA/NATHALIE SAYAGO
Yevroittifoq davlatlari TIV rahbarlari kengashi Venesuela hududida yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqirdi, ular xalqaro standartlarga javob berishi lozim. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, YeI o‘rnatilgan jarayonlarga muvofiq aniq cheklov choralarini tezlik bilan joriy etishi kerak, ular mamlakat rasmiylariga ta'sir ko‘rsatadi, biroq Venesuela xalqiga zarar yetkazmaydi.
«Yevroittifoq xalqaro tan olingan demokratik standartlar va Venesuela konstitutsion tartiblariga muvofiq holda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqiradi», - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Qo‘shma Shtatlar hukumatini mamlakat hududida harbiy to‘ntarishni amalga oshirish harakatida ekanida ayblagandi.
Mavzuga oid
13:01 / 07.03.2026
AQSh va Venesuela diplomatik munosabatlarni tiklamoqda
12:52 / 06.03.2026
Zelenskiy Orbanning manzilini Ukraina qurolli kuchlariga berish bilan tahdid qildi
14:19 / 27.02.2026
«Do‘st davlatlarmiz»: Rodriges AQShdan sanksiyalarni olib tashlashni so‘radi
12:08 / 19.02.2026