Jahon | 15:06 / 25.05.2018
6055
1 daqiqa o‘qiladi

«Harbiy to‘ntarish rejalashtirilgan». Maduro AQShni ayblab chiqdi

Foto: Prensa Presidencial

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Qo‘shma Shtatlar hukumatini mamlakat hududida harbiy to‘ntarishni amalga oshirish harakatida ekanida aybladi. Bu haqda Globovision telekanali xabar bermoqda.

Maduroning so‘zlariga ko‘ra, AQSh «Bolivarian inqilobini» yo‘q qilib tashlashga intilmoqda hamda buning uchun Venesuela hududida harbiy to‘ntarish amalga oshirishni rejalashtirgan.

Avvalroq, «katta yettilik» (G7) va Yevroittifoq (YeI) davlatlari Venesuelada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijasi tan olinmasligi haqida ma'lum qilgandi. Gap Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Britaniya, AQSh va boshqa qator mamlakatlar haqida ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQShdan Venesuela diplomatlari chiqarib yuborilishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid