Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya AQSh bilan o‘z manfaatiga zid bo‘lgan kelishuvlarga erishmaydi
Foto: AP
Buyuk Britaniya savdo vaziri Layam Foksning ma'lum qilishicha, mamlakat AQSh bilan o‘z manfaatlariga zid bo‘lgan kelishuvlarga erishmaydi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Avvalroq, London Vashington bilan savdo bitimi istiqbolini muhokama qilgandi, bu Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi tufayli yuz berdi. Kutilishicha, bu holat kelasi yili sodir bo‘ladi. Biroq, Britaniyada, xuddi YeIning boshqa davlatlarida bo‘lgani kabi, AQSh tomonidan po‘lat va alyuminiyga yangi bojlar joriy etilgani salbiy tarzda qabul qilindi.
«Agarda biz kelishuvga erisha olmasak, unda hech qanday savdo bitimini imzolamaymiz. Biz erishmoqchi bo‘lgan kelishuvlar Birlashgan Qirollik manfaatlariga zid kelishi kerak emas», - deya ta'kidlab o‘tgan Foks.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada AQSh ustidan JSTga shikoyat qilgandi.
Mavzuga oid
22:53 / 12.03.2026
Tramp AQSh neft narxining oshishidan foyda ko‘rishini aytdi
21:47 / 12.03.2026
AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilmaydi
21:07 / 12.03.2026
Tramp Eronning jahon chempionatidagi ishtiroki o‘rinli emasligini aytdi
19:07 / 12.03.2026