Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon chempionatidagi eng kuchli va kuchsiz guruhlar aniqlandi
Foto: FIFA
FIFA reytingiga asosan, jahon chempionatining eng kuchli va kuchsiz guruhlari hisoblab ko‘rildi.
Natijada, Rossiya terma jamoasi ishtirok etadigan «A» guruhi hammadan kuchsiz ekani ma'lum bo‘ldi. Uning ishtirokchilari Urugvay (FIFA reytingida 14-o‘rin), Misr (45), Saudiya Arabistoni (67) va Rossiya (70) bo‘lib, o‘rtacha reytingi 49ga teng. Bu esa barcha 8ta guruh ichida eng past ko‘rsatkichdir
Eng yuqori ko‘rsatkichga «Ye» guruhi ega bo‘lib turibdi - 16,25. Uning ishtirokchilari - Braziliya (2), Shveytsariya (6), Kosta-Rika (23) va Serbiya (34).
Undan keyingi o‘rinni «C» guruhi (16,5) egallab turibdi. Uning ishtirokchilari Fransiya (7), Peru (11), Daniya (12) va Avstraliya (36).
«G» (22,75) guruhi uchinchi o‘rinda bormoqda. Uning ishtirokchilari Belgiya (3), Angliya (12), Tunis (21) va Panama (55).
Mavzuga oid
20:36 / 19.01.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi FIFA Series 2026 turnirida ishtirok etadi
18:34 / 14.01.2026
Agar yaxshi o‘ynasak, O‘zbekiston butun dunyodan muxlislar orttiradi – Shomurodov
18:21 / 31.12.2025
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi uchun yangi mukofot ta’sis etdi
19:58 / 29.12.2025