Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Singapur bosh vaziriga minnatdorlik bildirdi
Foto: EFE/Metro
KXDR yetakchisi Kim Chen In Singapur bosh vaziri Li Syanlunga AQSh - Shimoliy Koreya sammitini tashkillashtirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar qilmoqda.
Shimoliy Koreya yetakchisi 10 iyun kuni Singapur bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Oliy rahbar Singapur hukumati tomonidan taqdim etilgan ko‘mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Ushbu davlat KXDR va AQSh yetakchilari tarixiy sammiti hamda muzokaralari uchun barcha sharoitlar yaratdi va tegishli sa'y-harakatlarni ko‘rdi», - deyiladi Shimoliy Koreya agentligining xabarida.
O‘z navbatida, Li Syanlun ikki mamlakat sammiti «Koreya yarim orolida tinchlik va barqarorlikka erishish yo‘lida muhim qadam bo‘lishiga» umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning AQSh va KXDR sammitiga ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
14:59 / 09.01.2026