AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Fransiya va Kanada xalqaro savdoni yuritişga xalaqit bermoqda. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
Şuningdek, u har ikki davlatni Qöşma Ştatlarga haddan taşqari baland darajadagi bojlarni joriy etganlikda aybladi.
«Ular (Kanada va Fransiya) AQŞga juda katta bojlar joriy etişmoqda hamda pulsiz tösiqlarni yaratişmoqda. YeIning AQŞ bilan savdo profitsiti - 151 mlrd dollar, hamda Kanada bizning fermerlarni öz bozoriga kiritmayapti», - deya ta'kidlab ötgan Tramp.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Kanadani Oq uyga öt qöyganlikda ayblagandi.

















