Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur AQSh va KXDR sammitining 2 kunlik shakliga tayyor
Foto: AFP/ Behrouz Mehri
Singapur tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnanning «Bi-bi-si»ga intervyuda ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp hamda KXDR yetakchisi Kim Chen Inning 12 iyunga rejalashtirilgan uchrashuvi, zarurat tug‘iladigan bo‘lsa, yana bir kunga - 13 iyunga ham cho‘zilishi mumkin.
«Ular seshanba yoki chorshanba kuni qanday kelishuvlar, yoki dastlabki kelishuvlarga erishishini kuzatamiz», - deya aytib o‘tdi Balakrishnan.
Intervyuning to‘liq matni Singapur tashqi siyosat idorasi saytida e'lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Singapur havosidan zavqlanib ketgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
03:13
Eron bilan urush ko‘proq kimlarga zarar keltirdi?
23:30 / 08.03.2026
Tramp AQSh ma’qullagan rahbargina Eronni boshqarishi mumkinligini aytdi
20:32 / 08.03.2026
AQSh Rossiyadan Eronga razvedka ma’lumotlarini bermaslikni so‘radi
20:51 / 07.03.2026