Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Oltiariqda fermerlar bilan suhbatlashdi
Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumanidagi «Ismoil Nozim obod» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi. G‘alla o‘rimini, g‘o‘za holatini ko‘zdan kechirdi.
Viloyat dehqon va fermerlari bilan suhbatda g‘alla hosilini yig‘ib olish, g‘o‘zadan kafolatlangan hosil yetishtirish, takroriy ekinlar ekish zarurligi ta'kidlandi.
«Dehqonchilikda yil yilga o‘xshamaydi. Hosildan, daromaddan umidvor fermer har bir niholni «sizlashi» kerak. Barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sidqidildan bajarishi zarur», degan Shavkat Mirziyoyev.
«Qishloq xo‘jaligi uchun murakkab kelgan joriy yilda suvdan omilkorlik bilan foydalanish, bozorbop ekinlar ekish, hosildorlikni oshirish bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi», deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
12:01 / 19.01.2026
Fermerlar uchun suv solig‘i: yutuqlar va muammolar
18:07 / 02.01.2026
“Ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi” – qishda ham ishkomda saqlanayotgan uzumlar
20:00 / 19.12.2025
Bryusselni «egallagan» traktorlar: Yevropa fermerlari nimadan norozi?
13:57 / 10.12.2025