Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ShHT Turizm universiteti ish boshlaydi
Foto: AP
Xitoydagi sammit yakunlariga ko‘ra, ShHTga a'zo mamlakatlar umumiy turistik maydonni yaratish, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish uchun sa'y-harakatlarni birlashtirish va xizmatlar taqdim etish sifatini oshirishni maqsad qilgani ayon bo‘ldi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning fikricha, mazkur yo‘nalishni rivojlantirishning istiqbolli jihozlaridan biri gumanitar hamkorlik, mutaxassislarni tayyorlashda ta'lim va ilmiy salohiyatni birlashtiruvchi yangi ta'lim loyihasi - Samarqand ShHT Turizm universitetini yaratish bo‘lishi mumkin.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan ma'lum qilinishicha, universitetning asosiy vazifasi ShHTga a'zo mamlakatlarning turizmni rivojlantirish va turistik almashinuvini faollashtirish yo‘lida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha muvofiqlashtirilgan innovatsion ta'lim dasturlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat bo‘ladi.
Shuningdek hamkorlikni mustahkamlash, ta'lim sohasidagi integratsion jarayonlarni rivojlantirish, barcha faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, talabgor mutaxassislarga ega bo‘lish imkonini taqdim etish universitetning asosiy vazifalariga kiradi.
Bundan tashqari, universitet faoliyatida hamkor-OTMlarning ishtiroki davlatlararo har tomonlama, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, ta'limiy va madaniy hamkorlik aloqalariga yangicha nafas bag‘ishlaydi.
Universitet faoliyati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: konsolidatsiya, sinxronizatsiya, muloqot, o‘zaro hurmat, xilma-xillikni tan olish, ta'lim orqali ishonchga erishish.
Ta'kidlash joizki, ShHT Turizm universiteti turistik sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi mintaqa universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikning haqiqiy o‘sish nuqtasiga aylanadi.
Yangi OTM ochilishi 2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan, o‘qish ikki bosqichda - bakalavr va magistr bo‘yicha kechadi. Dastlab universitetda asosan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat 100 kishi ta'lim oladi, kelgusida esa geografiya kengaytirilib, ShHTga a'zo mamlakatlardan ham abituriyentlar qabul qilinadi.
Shuningdek universitetda OTM va professional kollejlar ishchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yagona maydon tashkil etilishi qayd etilgan.
Mavzuga oid
13:59
2025 yilning 11 oyida O‘zbekistonga 10,7 mln turist tashrif buyurdi
11:10
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
12:09 / 23.12.2025