14:17 / 14.06.2018
7882

Qo‘shnisini pichoqlab, qochib ketgan qotil qo‘lga olindi - IIV

Foto: KUN.UZ

13 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi N.M. uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida qo‘shnisi T.M.ning ko‘krak va qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan. 

Olgan jarohati sabab T.M. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida N.M. ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida mudhish qotillik yuz bergani xabar qilingandi. 

Top