Joriy yilning 9 iyun kuni Samarqand viloyati Past Darğom tumanidagi Zarafşon daryosidagi daraxt şoxçalariga ilingan osiyo millatiga mansub, 45-50 yoşlardagi noma'lum erkak kişining jasadi topilgan edi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
Ötkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasi natijasida topilgan jasad çökib vafot etmaganligi ma'lum bölgan.
Körilgan tezkor çoralari natijasida, uşbu jinoyatni marhum M.X.ning birga yaşovçi öğli Ş.M. şu yilning 30 may kuni uyida otasi mast holda janjal qilganligi uçun uni böğib öldirganligi va bu holatdan xabardor bölgan Ş.M.ning birga yaşovçi onasi Ş.X. ham öğil öz otasini öldirganini yaşiriş maqsadida u bilan birgalikda turmuş örtoğining jasadini gilamga örab, ustiga temir jism boğlab 31 may kuni Qoradaryoga olib borib, suvga taşlab yuborganliklari aniqlangan.
Ona-bola jinoyatçilar qölga olingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryodagi qoramol bozorida qotillik yuz bergani xabar qilingandi.












