Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valyuta firibgari qidirilmoqda - IIV
12 iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi S.X. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 9 iyun kuni noma'lum ayol uning uyiga kelib, o‘zini bank xodimi deb tanishtirgani va 30 foizlik chegirma bilan dam olish maskaniga yo‘llanma olib berishligini aytib, undan 1.400 AQSh dollarini aldab olganini bildirgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, o‘sha ayol pullarning o‘rniga 8 dona qalbaki 200 yevro kupyurasi solingan konvertni berib, bir necha kundan keyin pullarni bank orqali milliy so‘mga almashtirib berishligini aytib, voqea joyidan ketganligini ma'lum qilgan.
«Hurmatli fuqarolar, o‘z xorijiy valyutangizni banklarning valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali milliy valyutaga almashtiring. Agarda siz va yaqinlaringiz oldiga ana shunday shaxslar kelib, pullaringizni milliy valyutaga almashtirib berishni aytsa bilingki, ular firibgardir. Darhol ichki ishlar organining hududiy bo‘limlari yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar bering», - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
12:50 / 29.12.2025
Bild: Germaniyada viza firibgarligi holatlari ikki baravarga oshdi
11:30 / 29.12.2025
O‘zini distribyutor deb tanitgan Xayrullo Shokirov yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanmoqda
14:57 / 26.12.2025
Kredit olishga taqiqni qanday rasmiylashtirish mumkin?
08:21 / 26.12.2025