Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Navoiy” bojxona postida 2,3 kg “mefedron” kontrabandasi to‘xtatildi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Rossiyadan olib kelinayotgan sintetik narkotik modda olib kirishga urinish fosh etildi.
Tezkor tadbir Toshkent viloyatida joylashgan “Navoiy” chegara bojxona postida amalga oshirildi. Qozog‘istondan kirib kelgan, Buxoro shahrida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Lada Largus” avtomashinasi belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida transport vositasi yukxonasida bo‘lgan “Gazel” avtomashinasi uchun mo‘ljallangan uzatmalar qutisi ichiga xufiyona yashirilgan 5 dona o‘ram aniqlandi. O‘ramlar umumiy og‘irligi 2 kg 300 gramm bo‘lgan “mefedron” sintetik narkotik moddasidan iborat ekani ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, “O‘zbekiston – Rossiya” yo‘nalishida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi mazkur fuqaro avtoehtiyot qismni Toshkent viloyatida kutib turgan, 2000 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan shaxsga yetkazib berishi kerak bo‘lgan. Tezkor tadbir davom ettirilib, buyurtmani qabul qilib olgan paytda qabul qiluvchi shaxs ham qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026