Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In bugun Xitoyga kelishi kutilyapti
Foto: KCNA via Reuters
KXDR yetakchisi Kim Chen In seshanba, 19 iyun kuni Pekinga tashrif buyuradi. Bu haqda Nikkei Asian Review vaziyatdan xabardor manbaga asosan ma'lum qilgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In XXR raisi Si Tszinpin bilan 12 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan o‘tkazilgan uchrashuvni muhokama qiladi.
Ta'kidlanishicha, Pekinda Kim Chen Inning tashrifidan avval xavfsizlik kuchlarini tayyor holatga keltirish ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In yana bir davlat yetakchisi bilan uchrashishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026