Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda yo‘ltanlamas va yuk mashinasi to‘qnashdi, 12 kishi halok bo‘ldi
Foto: GLOBAL LOOK PRESS/Ronald Patrick
Hindiston politsiyasi yo‘ltanlamasning yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgani haqida xabar berdi. Ushbu voqea natijasida 12 kishi halok bo‘lgan, deb xabar tarqatdi «Sinxua».
Ta'kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasi Hindiston markaziy qismida joylashgan Madxya-Pradesh shtatida ertalabki soatlarda yuz bergan.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ichida yo‘lovchilar bo‘lgan yo‘ltanlamas qum olib ketayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida 12 kishi, shu jumladan yetti nafar ayol halok bo‘ldi. Shuningdek, olti kishi jarohat olgan. Ular tibbiyot muassasalariga olib ketildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda avtobus ishtirokida fojia yuz bergani, 17 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
08:54 / 04.03.2026
Hindistonda sud mojarosi: AI to‘qib chiqargan qarorlar ishda asos bo‘lgan
10:06 / 01.03.2026