Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShdan ilk F-35 qiruvchi samolyotlarini oldi
Foto: Flickr
Turkiya 21 iyunda AQShdan ilk ikkita 5-avloddagi F-35 Lockheed Martin qiruvchi samolyotini oldi. Bu haqda Lockheed Martin kompaniyasi ma'lum qildi.
Samolyotlar tantanali ravishda Lockheed Martin’ning Fort-Uert shahridagi (Texas shtati) zavodida turk tomoniga topshirilgan. Ushbu samolyotlar Arizona shtatidagi Lyuk bazasiga jo‘natiladi. Bu yerda turk uchuvchilari samolyotlarda uchishga o‘rgatiladilar. Rejaga ko‘ra, Anqara 100 tadan ko‘proq F-35 samolyoti olishi kerak.
Shu tariqa Vashingtonning Turkiyaga samolyotlarni yetkazib berish qarori AQShning turk bozorini yo‘qotmaslik maqsadida, Anqara tomonidan Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari sotib olinishi muqarrarligini tan olgan holda murosaga borganini anglatadi.
Mavzuga oid
21:00 / 04.03.2026
NATO havo mudofaasi Turkiya tomonga uchirilgan Eron ballistik raketasini urib tushirdi
18:59 / 04.03.2026
Turkiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 34 yilligini nishonlamoqda
19:11 / 02.03.2026
Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda
17:49 / 02.03.2026