Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli hujum xavfi yo‘q - Tojikiston chegara qo‘shinlari
Foto: REUTERS/Shamil Zhumatov
Tojikiston Kobul nazoratida bo‘lmagan qurolli guruhlarning o‘z chegaralari yaqinida faollashishini jiddiy kuzatmoqda va chegara hududlarini mustahkamlash uchun bir qator ogohlantiruvchi choralar ko‘ryapti. Bu haqda respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot kotibi, mayon Muhammad Ulug‘xo‘jayev «Aziya-Plyus» ga ma'lum qildi.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Tojikistonga bevosita qurolli hujum xavfi yo‘qdir.
«Biz Afg‘oniston bilan chegaralarimizdagi vaziyatni diqqatlik bilan kuzatib bormoqdamiz. Bu, ayniqsa, «Tolibon», IShID kabi ekstremistik va terrorchilik tashkilotlariga kiruvchi qurollangan shaxslar to‘planayotgan qayd etilgan yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda», - dedi Ulug‘xo‘jayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda markazdan Afg‘oniston bilan chegaraga qo‘shimcha kuchlar, qurol-aslaha va texnikani ko‘chirish hojati yo‘q.
«Chegara hududida joylashgan kuchlar va vositalar Tojikiston davlat chegarasini noqonuniy ravishda buzib o‘tishga bo‘lgan urinishlarni to‘xtatish uchun yetarli», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston prezidenti «Tolibon» bilan vaqtinchalik sulh tugaganini e'lon qildi.
Mavzuga oid
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
21:59 / 28.02.2026
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot o‘tkazdi
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
07:58 / 27.02.2026