Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani «Tolibon» radikal guruhi bilan vaqtinçalik sulh öz yakuniga yetgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda TOLOnews xabar bermoqda.

«Prezident Ğanining ma'lum qilişiça, öt oçişni töxtatiş rejimi tugadi, hamda xavfsizlik kuçlari amaliyotlarni davom ettiradi. Uning ta'kidlaşiça, «Tolibon»ning köplab a'zolari tinçlikni xohlaydi va vaqtinçalik sulh «Tolibon» uruşdan çarçaganini isbotladi», - deyiladi telekanal xabarida.

Davlat rahbarining sözlariga köra, hukumat jangarilar uçun xavfsizlik hududlarini yaratiş yoki hududlarni kimgadir berişni istamaydi. Ğanining ta'kidlaşiça, hukumat «Tolibon»ni siyosiy guruhga aylantirmoqçi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Afğoniston IIV rahbari «Tolibon» a'zolari bilan uçraşgandi.