Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiya bilan yomon munosabatlar sababini aytdi
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi yomon munosabatlarga AQSh tomonidan qo‘yilgan ahmoqona qadamlar sabab, deb hisoblaydi. Bu haqda Tramp tvitterdagi sahifasida yozgan.
AQSh prezidentining fikricha, Rossiya bilan munosabatlar hech qachon hozirgidek yomon ahvolda bo‘lmagan.
«Rossiya bilan munosabatlarimiz, Qo‘shma Shtatlar tomonidan ko‘p yillik ahmoqona harakatlar va betayinlik sabab hech qachon bundan yomon darajada bo‘lmagandi. Hozir esa, yana jodugarlarga ham ov e'lon qiling!», - deya ma'lum qilgan Tramp.
AQSh yetakchisi Xelsinkida bo‘lib o‘tadigan Rossiya hamda AQSh sammiti kuni shunday bayonot bilan chiqdi. Oq uy tomonidan e'lon qilingan jadvalga ko‘ra, Putin va Tramp yakkama-yakka uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 15:20da boshlanadi. Taxminlarga ko‘ra, muloqot tushlikka ulanib ketadi, shundan so‘ng qo‘shma matbuot anjumani tashkil etiladi.
Mavzuga oid
09:10
Sud: YuKOS sobiq aksiyadorlari Rossiyadan kompensatsiya undirishi mumkin
09:07
Germaniyada avtodiler FSB uchun mashinalar yetkazib bergani uchun 6 yilga qamaldi
08:24
Zelenskiy Rossiyaning 2026–2027 yillar uchun hujum rejalarini ochiqladi
15:28 / 02.03.2026