Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning Su-22 qiruvchisi isroillik ayol harbiy tomonidan urib tushirilgan
Foto: Twitter/Anna Ahronheim
Suriya armiyasiga tegishli bo‘lgan Su-22 qiruvchisi 24 iyul kuni kapitan Or Naaman qo‘mondonligidagi Patriot raketalarga qarshi majmua yordamida urib tushirilgan. Bu haqda Jeruslem Post gazetasi yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, Naaman Isroil harbiy-havo kuchlarining 138-batalonida Patriot majmuasiga qo‘mondonlik qiladi. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya qiruvchisi urib tushirilganidan ikki hafta avval, uning rahbarligi ostida Suriyaga tegishli uchuvchisiz uchar qurilma ham urib tushirilgan.
Avvalroq, Suriya armiyasiga tegishli bo‘lgan «Suxoy» samolyoti 24 iyul kuni Golan tepaliklari yaqinida urib tushirilgani xabar qilingandi. Isroildan ma'lumot berishlaricha, Suriya havo kemasi mamlakat hududiga taxminan 2 kilometrlik masofaga kirib kelgan. Keyinchalik Suriya armiyasidagi manba Isroil harbiylari Su-22 qiruvchisini urib tushirishganiga aniqlik kiritdi.
Mavzuga oid
20:16 / 01.03.2026
Yaqin Sharqning 10 mamlakati Eronning javob zarbalariga duch keldi
20:04 / 01.03.2026
Isroilda Eron zarbasi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
17:50 / 01.03.2026
Eron Isroilga navbatdagi raketa zarbalarini berdi
15:41 / 01.03.2026