17:44 / 27.07.2018
46664

Samarqandda xotinini o‘ldirib, do‘konga ko‘mgan shaxs 8 yilga qamaldi

Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Tayloq tuman sudida xotinini o‘ldirib, uning jasadini bir yil davomida yashirib kelgan N. Rahimov ishi ko‘rib chiqildi,

Xabar qilinishicha, 2017 yil avgustida mast holda bo‘lgan N. Rahimov xotini bilan oshxonalardan birida janjallashib qolgan. Erkak ayolini to‘yda rashk qilgani aytiladi. U xotinining yuziga urgan. Ayol yerga yiqilib tushgan, shundan so‘ng uning qorni, beli va tanasining boshqa qismlariga ura ketib, keyin bo‘g‘a boshlagan. Ertasi kuni N. Raximov xotini vafot etganini bilgan. Tunda u hali tugatilmagan do‘konning bir burchagida 70 sm chuqurlik qazigan hamda xotinining jasadini ko‘mgan. U bolalari va mahalladoshlariga xotini Rossiyaga ketgani haqida xabar beradi.

2017 yilning 22 avgustida yuz bergan ushbu jinoyat 2018 yilning 13 fevraligacha sirligicha qolgan. Sud jarayonida ish batafsil o‘rganib chiqildi, sudlanuvchi N. Rahimov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblandi. U 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top