Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:54 / 29.07.2018
9639
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya AQSh sababli Eron gazidan voz kechmoqchi emas
Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev
Anqara Vashingtonning Tehronga qarshi yangi sanksiyalar kiritmoqchiligi sababli Eron gazi importidan voz kechmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.
“Men Obamaga aytganman, Trampga ham qaytaraman, Turkiya Erondan gaz sotib oladi. Agar bu gaz xaridlari to‘xtatilsa, Turkiyaga kim gaz beradi?”, deb savol bilan yuzlangan Erdo‘g‘an.
Uning ta'kidlashicha, AQSh Turkiya timsolida ishonchli ittifoqdoshini yo‘qotishi mumkin.