Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonda o‘ninchi kumush
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga o‘ninchi kumush medal kelib tushdi.
Musobaqada velosport bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Murodjon Xolmurodov finalda 40 km masofani 57:10.52 daqiqada bosib o‘tdi va 16 ishtirokchi orasida ikkinchi natijani qayd etib, Osiyo o‘yinlari kumush medali sovrindoriga aylandi. Oltin medal qozog‘istonlik sportchi Aleksey Lutsenkoga nasib etdi, yaponiyalik Fumiyaki Beppu uchinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi medallarining umumiy soni 21taga yetdi. Ayni vaqtda o‘zbekistonliklar umumiy reytingda 4ta oltin, 10ta kumush va 7ta bronza bilan o‘ninchi o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 08.07.2025
«Tur de Frans» velopoygasida o‘g‘irlangan velosipedlar Rossiyada sotuvga chiqdi
14:02 / 10.05.2023
O‘zbekistonda velosport bo‘yicha UCI taqvim rejasiga kiritilgan musobaqa o‘tkazilmoqda
22:43 / 31.01.2023
O‘zbekistonlik velopoygachi Anna Kulikova doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi
15:17 / 14.10.2022