14:02 / 10.05.2023
20675

O‘zbekistonda velosport bo‘yicha UCI taqvim rejasiga kiritilgan musobaqa o‘tkazilmoqda

Dunyoning kuchli velosportchilari ishtirok etayotgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari dastlabki natijalarni qo‘lga kiritishdi.

Foto: velosportuz

O‘zbekistonda ilk bor erkaklar va ayollar o‘rtasida velosportning shosse turi bo‘yicha Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) taqvim rejasiga kiritilgan “OQTOSH-CHORVOQ MOUNTAIN” ko‘p kunlik xalqaro musobaqalariga start berildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga dunyo bo‘ylab saralangan 120 nafar velosportchi kuch sinashyapti. 

Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar yuqori natijalarni qayd etishni boshlashdi. Jumladan, 10 km masofada xotin-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan poygada milliy terma jamoa a’zosi Olga Zabelinskaya 1-o‘rin, Yana Kuskova 2-o‘rin, Misyurina Margarita 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Natijada sportchilar 85 reyting ochkosiga ega bo‘lishgan.  

10 km masofada erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan poygada esa O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zosi Ulug‘bek Saidov 1-o‘rinni, Behzod Raximboyev esa 3-o‘rinni egalladi. Bu orqali ular 70 reyting ochkolariga ega chiqishdi.

Ko‘p kunlik musobaqa davom etmoqda.

Top