Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiyani hisob-kitob qilishda eng kam oylik ish haqining miqdori o‘zgarishi mumkin
Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Fuqarolarning pensiya ta'minoti tizimida ijtimoiy adolat va samaradorlikni oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi:
2018 yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra prognoz ko‘rsatkichlarini oshirib bajarilishi hisobidan ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘liq miqdorda to‘lash uchun mablag‘larni ajratilishini;
2019 yil 1 yanvardan barcha pensiya miqdorlari pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdori oshirilishini hisobga olgan holda qayta hisoblab chiqilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
19:53 / 13.12.2025
O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan pensionerlar soni ma’lum qilindi
15:41 / 13.11.2025
Kulrang maosh: pullaringiz qay tarzda yo‘qolmoqda
09:02 / 13.11.2025
Fransiya: deputatlar pensiya islohotini muzlatishni ma’qulladi
13:51 / 05.11.2025