Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiya miqdorini oshirish haqidagi soxta takliflar bo‘yicha fuqarolar ogohlantirildi
Hududlarda ayrim shaxslar “pensiyangizni oshirib beramiz” degan yolg‘on va’dalar bilan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini talab qilib, pul undirishga urinayotgani aniqlandi. Vakolatli idoralar aholini hushyorlikka chaqirdi va bu kabi holatlar haqida darhol xabardor qilishni so‘radi.
Rasmiy tushuntirishga ko‘ra, pensiya miqdorini oshirish yoki qayta hisoblash faqat Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari orqali amalga oshiriladi. Jamg‘arma xodimlari ko‘chada, uyma-uy yurib yoki telefon orqali “pensiya oshirish” xizmatini taklif etmaydi.
Eslatma (fuqarolar uchun):
- begona shaxslarga pasport ma’lumotlari, bank kartasi ma’lumotlari va JShShIR (PINFL) raqamini bermang;
- internet/telefon orqali “pensiya oshirish”ga doir har qanday taklif — ishonchsiz;
- pensiyani qayta hisoblash uchun faҡat rasmiy bo‘limga shaxsan murojaat qiling.
Shikoyat va tezkor aloqa: 1271 — Pensiya jamg‘armasining ishonch telefoni. 102 — ichki ishlar organlari.
Firibgarlik alomatlari kuzatilsa, ma’lumotni darhol ushbu raqamlar orqali yetkazing.
Mavzuga oid
16:08 / 17.12.2025
Norvegiya va Latviyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
10:13 / 17.12.2025
Turkiyada yashirinib yurgan shaxs ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi
12:11 / 16.12.2025
28 mln so‘mlik jarimani “yo‘q qilib berish”ni va’da qilgan yuriskonsult ushlandi
19:53 / 13.12.2025