Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda YTH oqibatida haydovchi halok bo‘ldi
Sirdaryo tumanida 19 oktabr kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashagan, D.H. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasini “Xazina” MFY hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 96-km.da haydab ketayotib o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan R.Sh. boshqaruvidagi “Libero” avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisi D.H. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:44 / 04.03.2026
Sirdaryoda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m ajratiladi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
19:33 / 03.03.2026