Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya AQSh bilan yangi jangovar samolyot yaratmoqchi
Foto: Mainichi Shimbun
Yaponiya Mudofaa vazirligi Amerika tomoni bilan birga yangi avloddagi bombardimonchi-qiruvchi yaratish loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Mainichi Shimbun yozyapti.
Ta'kidlanishicha, Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Loyiha asosi uchun AQShning beshinchi avloddagi F-22 jangovar samolyotidan foydalanish mo‘ljallanyapti. Uni yapon dvigateli bilan jihozlash rejalashtirilgan.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiya tomoni jangovar samolyotni ishlab chiqish uchun 53 milliard dollar sarflashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Xitoyni «tiyib turish» uchun harbiy baza qurishi xabar berilgandi.
Ta'kidlanishicha, bazaning qurilishi 2019 yilda boshlanishi kerak. U mintaqadagi Xitoy harbiy faolligini bosib turishga qaratilgan. Shu bilan birga, yangi bazada 5-6 ming harbiylar, shuningdek, «yer - kema» hamda «yer - havo» sinfidagi raketalar bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:42 / 11.02.2026
AQSh Venesuelaga Rossiya bilan har qanday neft bitimlarini rasman taqiqladi
21:22 / 11.02.2026
NATO «Arktika qo‘riqchisi» missiyasi boshlanganini e’lon qildi
20:10 / 11.02.2026
Rossiya Trampning «Tinchlik kengashi» birinchi yig‘ilishida ishtirok etmaydi
16:17 / 11.02.2026