Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeff Bezos ikki kun ichida 19 mlrd dollar yo‘qotdi
Foto: AP
Amazon rahbari va egalaridan biri, dunyodagi eng boy odam deb topilgan Jyeff Bezos so‘nggi ikki kun ichida 19,2 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, bunday yo‘qotishlar Amazon aksiyalarining qiymatini 26 oktabrda 7,8%ga, 29 oktabrda esa 6,3%ga pasayishi natijasi hisoblanadi. Kompaniyaning daromadlari haqidagi hisobot aksiyalar qiymatining arzonlashishiga olib kelgan, ular kutilganidan ham yomonroq bo‘ldi.
Aniqlik kiritilishicha, Bezos boyligi hozirgi paytda 128,1 milliard dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, u hamon Bloomberg Billionaires Index - dunyodagi eng boy odamlarning reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda milliarderlar soni keskin kamaygani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
21:21 / 25.11.2025
Amazon o‘zining sun’iy yo‘ldosh interneti qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
16:09 / 11.11.2025
AQShda “Nyu Glenn” raketacining birinchi tijorat parvozi qoldirildi
18:39 / 02.07.2025