Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaga Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish taklif qilindi
Yevropa Ittifoqi Turkiya bilan ittifoqqa kirish bo‘yicha muzokaralar olib borishni to‘xtatsa, halollik namoyish qilgan bo‘lardi. Bu haqda Yevrokomissiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralar a'zosi Yoxannes Xan aytib o‘tdi.
“Fikrimcha, uzoq muddatli istiqbolda Turkiyaga ham, Yevropa Ittifoqiga ham o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘llarini izlash va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish to‘g‘riroq bo‘lardi”, deb aytgan Xan “Velt” nashriga bergan intervyusida.
Uning fikricha, “Turkiyaning yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishi norealdir”.
Turkiya hukumati Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarni 2005 yilda boshlagan, biroq jarayon Turkiyadagi siyosiy vaziyat sababli boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Boz ustiga, YeIning bir qator davlatlari Turkiyaning ittifoqqa qabul qilinishiga qarshi chiqmoqda.
Mavzuga oid
11:13
Fidan Turkiya yadroviy poygaga qo‘shilishini istisno qilmadi
10:40 / 09.02.2026
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar: nimalar kutilmoqda?
20:49 / 02.02.2026
Yevroparlamentda Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistonga nisbatan siyosati tanqid qilindi
13:10 / 02.02.2026