Jahon | 09:49 / 15.11.2018
11025
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp antifashistlarni «katta muammolar» haqida ogohlantirdi

Foto:OLIVIER DOULIERY/AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, agar raqiblari «safarbar bo‘lsa», u holda antifashistlarda «katta muammolar» paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda u The Daily Caller'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Trampning fikriga ko‘ra, antifashistlar o‘ng muxolifat «safarbar bo‘lishidan» tashvishga tushishlari kerak.

«Sababi ular [o‘nglar] buni qilishsa [safarbarlik], unda yana kuchliroq bo‘lishadi. Ancha kuchliroq. Shuningdek, ular zo‘ravonlikka [yanada] kirishib ketadi», - deydi Tramp.

Bu holatda, prezidentning ogohlantirishicha, antifashistlarda «katta muammolar» yuzaga kelishi mumkin. Shu bilan birga, Trampning ta'kidlashicha, hozir bu yuz bermayapti hamda bu «yaxshi narsa».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid