Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putin va Tramp uchrashuvidan nimalar kutayotganini ma'lum qildi
Foto: AP
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma'lum qilishicha, Kreml Rossiya va AQSh yetakchilari Vladimir Putin hamda Donald Trampning Argentinadagi uchrashuvi nisbatan mazmunli bo‘lishiga umid qilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Uchrashuv ko‘proq mazmunga ega bo‘lishiga umid qilmoqdamiz», - deya xabar berdi Ushakov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, muzokaralar yakunlari bo‘yicha biron-bir hujjat imzolanishi mumkinligi haqida ma'lumot hozircha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Tramp bilan erishilgan kelishuv haqida gapirgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Parijda amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan Argentinada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida uchrashish haqida kelishib olgan.
Mavzuga oid
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026