Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Tramp bilan erishilgan kelishuv haqida gapirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Parijda amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan Argentinada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida uchrashish haqida kelishib olgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Buenos-Ayresda uchrashishga kelishib oldik, agar bu amalga oshadigan bo‘lsa, biz tayyormiz», - dedi Putin.
Uning ta'kidlashicha, Parijda Tramp bilan uchrashuvga tayyor edi, ammo yetakchilar «bunday yirik tadbirga xalaqit berishni istashmadi». Bundan tashqari, prezidentning qayd etishicha, bu vaziyatda «normal to‘laqonli ishni» tashkil etish mushkuldir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bloomberg AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari kechiktirilishi mumkin ekani haqida xabar bergandi.
Bildirilishicha, AQSh Kongressi yil oxirigacha Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun ulgurmaydi, sababi qonun chiqaruvchilar boshqa qonunchilik tashabbuslariga e'tibor qaratmoqchi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026